Grammidin® neo anestetik bilan dori preparatini tibbiyotda qo‘llashga doir YO‘RIQNOMA

Ro‘yxatdan o‘tish raqami: DV/X 00712/08/15
Preparatning savdo nomi: Grammidin® neo anestetik bilan
Xalqaro patentlanmagan
yoki guruhlovchi nomi:

gramitsidin C+ Oksibuprokain + setilpiridiniy xloridi
Dori shakli: so‘rish uchun tabletkalar

Yuklab olish

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar.

  • gramitsidin C digidroxloridi - 3,20 mg (gramitsidin C ga qayta hisoblanganda - 3,00 mg);
  • oksibuprokain gidroxloridi — 0,20 mg;
  • setilpiridiniy xloridi monogidrati - 1,05 mg (setilpiridiniy xloridiga qayta hisoblanganda - 1,00 mg).

Yordamchi moddalar:

  • kolloidli kremniy dioksidi, talk, kaliy asesulfami, yalpiz xushbo‘ylashtirgichi, sorbitol, magniy stearati

Ta’rifi: bir tomonida «GR» bosib tushirilgan, oq rangli, ikki tomoni qavariq, dumaloq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik + antiseptik vosita + mahalliy og‘riq qoldiruvchi vosita.
ATX kodi: [R02A]

Farmakodinamikasi

Tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat. Preparatning tarkibiga mikroblarga qarshi vosita gramitsidin C, mahalliy og‘riq qoldiruvchi vosita - oksibuprokain va antiseptik vosita - setilpiridiniy xloridi kiradi.

Gramitsidin Cning ta’sir ko‘rsatish mexanizmi mikrob hujayrasi sitoplazmatik membranasining o‘tkazuvchanligini oshirish bilan bog‘liq, bu esa uning turg‘unligini buzib, hujayralarning halok bo‘lishiga olib keladi.

Gramitsidin C og‘iz bo‘shlig‘i va yutkin yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.

Anestetik oksibuprokain og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatiga mahalliy og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Nerv hujayralarining aksonlari orqali nerv impulslari tarqalishi va o‘tkazilishining qaytuvchi blokadasiga olib keladi.

Setilpiridiniy xloridi antiseptik vositalarga mansub. Og‘iz bo‘shlig‘i yuqumli kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining o‘sishini va ko‘payishini bostiradi.

Preparat og‘riq qoldiruvchi samara ko‘rsatadi, yallig‘lanishni kamaytiradi, mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, tomoqdagi yoqimsiz hislarni yumshatadi, yutinishni yengillashtiradi, so‘rishda gipersalivatsiyani vujudga keltiradi, bu esa og‘iz bo‘shlig‘i va yutkinni mikroorganizmlardan mexanik tozalashga yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Preparat mahalliy ta’sirga ega va me’da-ichak yo‘llarida deyarli so‘rilmaydi, bu esa tizimli samaralarining deyarli umuman yo‘qligini belgilab beradi.

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning yuqumli-yallig‘lanish kasalliklari: faringit, tonzillit, parodontoz, gingivit, stomatit.

  • preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik;
  • 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • homiladorlik (I trimestr).

Homiladorlikning (I) trimestrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni qabul qilish paytida emizishni to‘xtatish zarur.

Ovqatdan keyin, chaynamasdan og‘izda so‘rish orqali qo‘llaniladi.

Preparatni bevosita qo‘llashdan keyin 1-2 soat davomida ovqat va ichimliklarni qabul qilishdan tiyilish lozim.

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun dozasi: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta.

4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun dozasi: 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta.

Preparat 7 kun davomida qabul qilingandan keyin terapevtik samara bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Alohida holatlarda preparat komponentlariga allergik reaksiyalar, til sezgirligining vaqtinchalik yo‘qotilishi vujudga kelishi mumkin.

Grammidin® neo anestetik bilan mahalliy va tizimli ta’sir etuvchi boshqa mikroblarga qarshi vositalarning samarasini kuchaytiradi.

So‘rish uchun tabletkalar.

6 yoki 9 tadan tabletka polivinilxlorid plyonkadan yoki polivinilxlorid/polivinilidenxlorid yoki majmualangan material (poliamid/aluminiy/polivinilxlorid) va alyumin folgadan konturli uyali o‘ramga yoki perforatsiyali konturli uyali o‘ramga joylashtirilgan.

6 tabletkadan 2, 3 yoki 4 konturli o‘ram yoki 9 tabletkadan 2 konturli o‘ram qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylashtirilgan.

25 °Cdan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanilmasin.

Xaridorlardan e’tirozlarni ishlab chiqaruvchi korxona qabul qiladi

"Valenta Farm" AJ

141101, Rossiya, Moskva viloyati, Shyolkovo sh., Fabrichnaya ko‘ch., 2-uy.

Tel. +7 (495) 933 48 62, faks +7 (495) 933 48 63.