Grammidin® neo dori vositasini
tibbiyotda qo‘llashga doir yo‘riqnoma

Ro‘yxatdan o‘tish raqami: DV/X 00713/08/15
Preparatning savdo nomi: Grammidin® neo
Xalqaro patentlanmagan
yoki guruhlovchi nomi:

gramitsidin C+ setilpiridiniy xloridi
Dori shakli: so‘rish uchun tabletkalar

Yuklab olish
Preparatning bir dozasi quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

  • Gramitsidin C digidroxloridi - 3,2 mg (gramitsidin C ga qayta hisoblanganda - 3,00 mg);
  • Setilpiridiniy xloridi monogidrati - 1,05 mg (setilpiridiniy xloridiga qayta hisoblanganda - 1,00 mg).
Yordamchi moddalar:

  • kolloidli kremniy dioksidi;
  • talk;
  • kaliy asesulfami;
  • yalpiz xushbo‘ylashtirgichi;
  • sorbitol;
  • magniy stearati.


Ta’rifi: bir tomonida «GR» bosib tushirilgan, oq rangli, ikki tomoni qavariq, dumaloq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik + antiseptik vosita.
ATX kodi: [R02A]

Farmakodinamikasi

Tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat. Preparatning tarkibiga gramitsidin C mikroblarga qarshi vosita va antiseptik vosita – setilpiridiniy xloridi kiradi.

Gramitsidin Cning ta’sir ko‘rsatish mexanizmi mikrob hujayrasi sitoplazmatik membranasining o‘tkazuvchanligini oshirish bilan bog‘liq, bu esa uning turg‘unligini buzib, hujayralarning halok bo‘lishiga olib keladi.

Gramitsidin C og‘iz bo‘shlig‘i va halqum yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.

Setilpiridiniy xloridi antiseptik vositalarga mansub. Og‘iz bo‘shlig‘i yuqumli kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining o‘sishini va ko‘payishini bostiradi.

Preparat yallig‘lanishni kamaytiradi, mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, tomoqdagi yoqimsiz hislarni yumshatadi, yutinishni yengillashtiradi, so‘rishda gipersalivatsiyani vujudga keltiradi, bu esa og‘iz bo‘shlig‘i va halqumni mikroorganizmlardan mexanik tozalashga yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Preparat mahalliy ta’sirga ega va me’da-ichak yo‘llarida deyarli so‘rilmaydi, bu esa tizimli samaralarining deyarli umuman yo‘qligini belgilab beradi.

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning yuqumli-yallig‘lanish kasalliklari: faringit, tonzillit, parodontoz, gingivit, stomatit.

Mahalliy qo‘llash, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatiga purkash yo‘li bilan. Ovqatdan keyin qo‘llaniladi. Kattalar uchun doza: bir marta qo‘llashda 4 marta purkash, kuniga 3 marta, 7 kun davomida.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun doza: bir marta qo‘llashda 2 marta purkash, kuniga 3 marta, 7 kun davomida. Dori vositasini qo‘llagan zahoti 1 soat davomida ovqat va ichimlik iste’mol qilishdan saqlanish kerak.
Grammidin neo mahalliy va tizimli ta'sir etuvchi boshqa mikroblarga qarshi vositalarning samarasini kuchaytiradi.

  • preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik;
  • 4 yoshgacha bo'lgan bolalar;
  • homiladorlik (I trimestr);

Grammidin® neo mahalliy va tizimli ta’sir etuvchi boshqa mikroblarga qarshi vositalarning samarasini kuchaytiradi.

Homiladorlikning (I) trimestrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni qabul qilish paytida emizishni to‘xtatish zarur.

So‘rish uchun tabletkalar 3 mg + 1 mg. 6 yoki 9 tadan tabletka polivinilxlorid plyonkadan yoki polivinilxlorid/polivinilidenxlorid yoki majmualangan material (poliamid/aluminiy/polivinilxlorid) va alyumin folgadan konturli uyali o‘ramga yoki perforatsiyali konturli uyali o‘ramga joylashtirilgan. 6 tabletkadan 2, 3 yoki 4 konturli o‘ram yoki 9 tabletkadan 2 konturli o‘ram qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylashtirilgan.
25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

So‘rish uchun tabletkalar 3 mg + 1 mg.

6 yoki 9 tadan tabletka polivinilxlorid plyonkadan yoki polivinilxlorid/polivinilidenxlorid yoki majmualangan material (poliamid/aluminiy/polivinilxlorid) va alyumin folgadan konturli uyali o‘ramga yoki perforatsiyali konturli uyali o‘ramga joylashtirilgan.

6 tabletkadan 2, 3 yoki 4 konturli o‘ram yoki 9 tabletkadan 2 konturli o‘ram qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylashtirilgan.

«‎Валента Фарм»‎ АЖ

141108, Россия, Москва вилояти, Щелково ш., Фабричная куч., 2 уй.

Тел.: +7(495) 933-48-62, факс, +7(495) 933-48-63.

Узбекистон Республикасида "Валента Фарм" АЖ Ваколатхонаси

100015, Узбекистон Республикаси, Тошкент ш., Афросиёб куч., 4 Б, 309-офис.

Тел.: (+99893) 180 19 15.