COVID-19 klinik simptomlari bo‘lgan taxminan 80% patsientlar kasallikni yengil shaklda, "odatiy" respirator virusli infeksiyalarga xos simptomlar bilan o‘tkazadilar.



Kattalarda va bolalarda COVID-19 yengil shaklda kechishining yuqori tez-tezligini hamda ma’lum "toliqishni" va o‘zi bilan atrofdagilarni himoya qilishga bo‘lgan e’tiborning pasayishini hisobga olib, infeksiya tarqalishining yetarlicha yuqori xavfi saqlanib qoladi. Katta yoshdagi aholini emlash qamrovi oshib borayotganligini hisobga olsak ham, afsuski, hozirgi paytda tendensiya saqlanib turmoqda. Yuqumli xususiyatlari o‘zgargan yangi shtammlarni paydo bo‘lishi vujudga kelgan vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkin.

O‘tkir respirator kasalliklari bo‘lgan patsientlarda tomoq og‘irishi eng oddiy va erta simptom hisoblanadi. Bu narsa yengil shaklda COVID-19 bilan xastalangan odamlarga ham taalluqli - axir yangi koronavirusli infeksiyaning birlamchi o‘chog‘i og‘iz va burun-tomoqning shilliq qavatlarida shakllanadi. COVID-19 yengil shaklini yuqtirgan bemorlarda tashxis tasdiqlangandan keyin ular uy sharoitida ajratib qo‘yiladi. Bunday patsientlar e’tiborli kuzatuvga va simptomatik terapiyaga muhtoj. Shu bilan birga, yaqin atrofdagilari bilan aloqa qilishni davom etishda ular SARS-CoV-2 virusini yanada tarqalishida xavf omili bo‘lib xizmat qiladi. Oxirgi paytlarda jahon adabiyotida SARS-CoV-2 virusi yuklamasini pasaytirish maqsadida mahalliy qo‘llaniladigan, viruslarga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan turli vositalardan foydalanish istiqbolini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘pgina asarlar paydo bo‘ldi.

Tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, setilpiridiniy xloridi asosidagi preparatlar o‘zini a’lo darajada namoyon qilgan. setilpiridiniy xloridi virusning hujayralarga kirib borishini ingibirlashi, uning keyinchalik ko‘payishiga to‘sqinlik qilishi, virus yuklamasini kamaytirishi, shu tufayli virus yuqtirgan shaxslardan virus o‘tishini pasaytirish qobiliyatiga ega ekanligi borasida ko‘plab ishonchli dalillar mavjud.


Setilpiridiniy xloridi koronavirus infeksiyasi qo‘zg‘atuvchisining lipid qobig‘ini parchalashga qodir. Tajribalarda va klinik tadqiqotlarda ushbu vosita 30 soniya ichida og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatidagi qo‘zg‘atuvchining tarkibini 99,9%ga pasaytirishga qodirligini isbotlangan. Bu narsa COVID-19ning birinchi belgilari bo‘lgan odamlarda virus yuklamasini pasaytirish va yaqin atrofdagilarga yuqtirish ehtimolini kamaytirish uchun undan foydalanish mumkin degan xulosa chiqarishga yordam berdi.


Viruslarga qarshi (jumladan, SARS-CoV-2), mikroblarga qarshi va zamburug‘larga qarshi keng ta’sir ko‘lamiga ega setilpiridiniy xloridi mahalliy tarzda qo‘llaniladi (yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlarida yallig‘lanish o‘chog‘iga qo‘llaniladi), organizmga tizimli ta’sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun qarshi ko‘rsatmalari va nojo‘ya samaralari deyarli mavjud emas. Shaxsiy ko‘tara olmaslik bundan mustasno.

Tadqiqotchilar setilpiridiniy xloridi virus yuqtirgan shaxslardan virus o‘tishini pasaytirishga qodir degan xulosa qiladilar.

Grammidin® – tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining yuqumli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun majmualangan dori vositasi. Grammidin® tarkibiga gramitsidin C mikroblarga qarshi vosita va antiseptik vosita – setilpiridiniy xloridi kiradi.


Grammidin® seriyasidagi preparatlarni respirator kasalliklarning birinchi alomatlarida, aynan tomoq og‘rishida qo‘llash mumkin. Bu atrofdagilarga infeksiya yuqtirish xavfini pasaytirishga yordam beradi - davolash qanchalik erta boshlansa, organizmga viruslar ta’siri shunchalik kam bo‘ladi va atrofdagilarga yuqtirish ehtimoli ham pasayadi. setilpiridiniy xloridi tomoq og‘rishidagi yoqimsiz hislarni tez bartaraf etishga qodir, gramitsidin C mikroblarga qarshi sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Kattalar va bolalar uchun shakllarda, tabletkalar va spreylar ko‘rinishida chiqarilgan.