Grammidin® bolalar uchun dori vositasini
tibbiyotda qo‘llashga doir yo‘riqnoma

Ro‘yxatdan o‘tish raqami: DV/X 09721/03/22
Preparatning savdo nomi: Grammidin® bolalar uchun
Xalqaro patentlanmagan
yoki guruhlovchi nomi:

gramitsidin C+ setilpiridiniy xloridi
Dori shakli: so‘rish uchun tabletkalar

Yuklab olish

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:

  • gramitsidin C digidroxloridi - 1,60 mg (gramitsidin C ga qayta hisoblanganda - 1,50 mg);
  • setilpiridiniy xloridi monogidrati - 1,05 mg (setilpiridiniy xloridiga qayta hisoblanganda - 1,00 mg).
Yordamchi moddalar:
kolloidli kremniy dioksidi, talk, limon kislotasi monogidrati, aspartam, malinali xushbo‘ylashtirgich, sorbitol, magniy stearati.
Ta’rifi: Bir tomonida «GR» bosib tushirilgan va malina ta’mli, dumaloq, ikki tomoni qavariq, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar. Biroz marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik + antiseptik vosita.
ATX kodi: [R02A]

Tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat. Preparatning tarkibiga mikroblarga qarshi vosita gramitsidin C va antiseptik vosita - setilpiridiniy xloridi kiradi. Gramitsidin Cning ta’sir ko‘rsatish mexanizmi mikrob xujayrasi sitoplazmatik membranasining o‘tkazuvchanligini oshirish bilan bog‘liq, bu uning turg‘unligini buzib, halok bo‘lishiga olib keladi. Gramitsidin C keng ko‘lamli grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan antibakterial (bakteritsid) ta’sir ko‘rsatadi. setilpiridiniy xloridi antiseptik vositalarga mansub bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarining o‘sishini va ko‘payishini bostiradi. Preparat mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, yallig‘lanishni kamaytiradi, tomoqdagi yoqimsiz hislarni yumshatadi, yutinishni yengillashtiradi, so‘rishda gipersalivatsiyani vujudga keltiradi, bu esa og‘iz bo‘shlig‘i va yutkinni mikroorganizmlardan mexanik tozalashga yordam beradi.

Tomoqda va og‘iz bo‘shlig‘ida og‘riq bilan kuzatiladigan infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini simptomatik davolash: faringit, tonzillit, parodontit, gingivit, stomatit.

  • preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • fenilketonuriya (preparatda aspartam mavjud);
  • 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • laktatsiya davri.

Homilador ayollar preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari zarur. Ona uchun potensial foydasi homila uchun ehtimolli xavfdan yuqori bo‘lganda preparatni qo‘llash mumkin. Davolash paytida emizishni to‘xtatish lozim.

Mahalliy. Ovqatdan keyin, chaynamasdan og‘izda so‘rish orqali qo‘llaniladi.
Preparatni bevosita qo‘llashdan keyin 1-2 soat davomida ovqat va ichimliklarni qabul qilishdan tiyilish lozim.
4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun dozasi: 1 tabletkadan kuniga 4 marta. Maksimal sutkalik dozasi - 4 tabletka.
12 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun dozasi: 2 tabletkadan (20-30 minut davomida birin-ketin) kuniga 4 marta. Maksimal sutkalik dozasi - 8 tabletka.
Preparat 7 kun davomida qabul qilingandan keyin terapevtik samara bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar, me’da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, diareya) bo‘lishi mumkin.

Bolalar uchun Grammidin® mahalliy va tizimli ta’sir etuvchi boshqa mikroblarga qarshi vositalarning samarasini kuchaytiradi.

So‘rish uchun tabletkalar 1,5 mg + 1 mg. 6 yoki 9 tadan tabletka polivinilxlorid plyonkadan yoki polivinilxlorid/polivinilidenxlorid yoki majmualangan material (poliamid/aluminiy/polivinilxlorid) va alyumin folgadan konturli uyali o‘ramga yoki perforatsiyali konturli uyali o‘ramga joylashtirilgan. 6 tabletkadan 2 yoki 4 konturli o‘ram yoki 9 tabletkadan 2 konturli o‘ram qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylashtirilgan.

25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanilmasin.

Xaridorlardan e’tirozlarni ishlab chiqaruvchi korxona qabul qiladi "Valenta Farm" AJ.
141101, Rossiya, Moskva viloyati, Shyolkovo sh., Fabrichnaya ko‘ch., 2-uy.
Tel. +7 (495) 933 48 62, faks +7 (495) 933 48 63.