Savollar va javobla

Saytga tashrif buyuruvchilarning savollariga javoblar

Gennadiy

Gennadiy, 03.10.2019
подробнее

Bir necha yil oldin menga surunkali faringit tashxisini qo‘yishdi. Bugun yana tomog‘imda og‘riq paydo bo‘ldi, yutinsam og‘riyapti, tana haroratim me’yorda. Surunkali faringit zo‘raygan bo‘lsa nima qilishim kerak? Umuman u nimasi bilan xavfli?

Yekaterina

Yekaterina, 18.09.2019
подробнее
Bir hafta oldin tomog‘im anginada og‘rigani kabi og‘ridi, yutinish og‘riqli bo‘ldi, tana haroratim oshib ketdi. Tomog‘imni moychechak, soda va tuz bilan chaydim va ikki kundan keyin hammasi o‘tib ketganday bo‘ldi. Lekin bugun yana o‘sha og‘riq paydo bo‘ldi. Nima uchun anginadan keyin tomoq og‘riydi?

Tatyana

Tatyana, 03.09.2019
подробнее
Bolamning tomog‘i ko‘p og‘riydi. Poliklinikalardan deyarli chiqmaymiz. Eng qiziqarlisi, tashxislar har doim har xil, biz faringit bilan ham, laringit bilan ham og‘riganmiz, endi esa tonzillitdan qiynalyapmiz. Aytingchi, faqat tomoq og‘rib, tashxislar turlicha bo‘lishi mumkinmi? Faringit, laringit va tonzillitning farqi nimada? Eng asosiysi, biz nima qilishimiz kerak?

Yelena

Yelena, 29.08.2019
подробнее
Tomoqda og‘riq, qichishish paydo bo‘ldi va tomog‘imni mushuklar tirnayotganga o‘xshaydi. Kunduzi tana haroratim me’yorda, kechasi esa 37,3 gradusgacha ko‘tariladi. Poliklinikaga borganimda shifokor faringit tashxisini qo‘ydi. Davolash uchun so‘riladigan Grammidin tabletkalarini tayinladi. Boshqa hech narsa bermadi. Menga bir talay dori-darmon yozmaganidan hayratdaman, faringit qancha davom etishini va qachon yutinishim yengillashishini so‘rashni ham unutib qo‘yibman.

Yevgeniy

Yevgeniy, 15.08.2019
подробнее
O‘qituvchi bo‘lib ishlayman Kecha juda sovqotib qoldim, bugun esa tomog‘im og‘riyapti, yutinish juda qiyin. Kuchli og‘riq tufayli ortiqcha gap ham aytgim kelmayapti. 4 kundan keyin ochiq dars olib borishim kerak. Shamollash tufayli uni bekor qilishni istamasdim. Aytingchi, nima qilishim kerak?

Natalya

Natalya, 08.07.2019
подробнее
Ikki kundan beri tomog‘im og‘riyapti, yutinish juda og‘riqli. Haroratim hozircha me’yorda. Lekin bunday simptomlar menga tanish bo‘lib ketgan, chunki tonzillit bilan ko‘p to‘nashganman. Har safar antibiotik ukollarini tayinlashgan. Nojo‘ya ta’sirlaridan qo‘rqaman, shuning uchun tonzillitni antibiotiklarsiz davolash mumkinmi degan savol qiziqtiradi?

Vasilisa

Vasilisa, 02.05.2019
подробнее
Men professional qo‘shiqchiman. Shuning uchun ovoz paylarimni salomatligini men uchun muhim. Tomog‘imda og‘riq paydo bo‘lganida men juda tashvishlanaman, chunki bu yutkinning yallig‘lanish belgisi - laringit bo‘lishi mumkin. Aytingchi, laringit faringitdan nimasi bilan farq qiladi? Tomoqda yoqimsiz hislar paydo bo‘lganida nima qilish kerak?

Mariya

Mariya, 26.04.2019
подробнее
O‘g‘lim 6 yoshda. Kecha maktabdan uyga kelib, tomog‘idagi unchalik kuchli bo‘lmagan og‘riqdan shikoyat qildi, haroratini o‘lchasam - 37,5 gradus chiqdi. Men o‘zim hamshiraman. Mutaxassisligim bo‘yicha ishlamayman, lekin nimalardir esimda. Tomog‘ini ko‘rdim - shilliq qavati qizargan, bodomchalari esa kattalashgan. Albatta, bu angina ekanligiga hech qanday shubham yo‘q. Lekin yana antibiotik bergim kelmayapti. 2 oy oldin otitdan davolanganmiz va antibiotik olganmiz. Shuning uchun meni bolada anginani antibiotiklarsiz davolash mumkinmi degan savol qiziqtiradi?

Alisa

Alisa, 17.04.2019
подробнее
O‘n kun oldin tana haroratim 38,5 gradusgacha ko‘tarildi. Men albatta shifokorga bordim, chunki gripp va shunga o‘xshash kasalliklarni kech davolash xavfi to‘g‘risida ko‘p eshiganman. Terapevt meni ko‘rikdan o‘tkazib, bir talay viruslarga qarshi preparat va immunostimulyatorlar tayinladi. 3-chi kunga kelib ahamiyatli yaxshilanishni sezdim. Lekin to‘satdan yangi simptom paydo bo‘ldi - tomoq og‘rishni boshladi, nafaqat yutinish, gapirish ham qiyin bo‘lib qoldi. Aytingchi, tomoqdagi og‘riqni nima bilan davolasam bo‘ladi?

Yana

Yana, 10.04.2019
подробнее
Men uchun qish - bu doim shamollash payti, men ulardan hech qutulolmayman. Endi tuzala boshlasam, tomoqdagi og‘riq kechinishni boshlab, yo‘tal kamaysa, ikki hafta o‘tib hammasi yangidan boshlanadi. Men shuncha ko‘p turli tabletkalarni ichib ko‘rdim, yordam beradigan vositani topishga umidim ham so‘ndi. Iltimos, aytingchi, qishda tomoq og‘irig‘i va yo‘taldan qanday xalos bo‘lish mumkin? Yoki yechimi yo‘qmi, sovuqda shunday holatga ko‘nikish kerakmi?