Grammidin® sprey dori vositasini tibbiyotda qo‘llashga doir yo‘riqnoma

Ro‘yxatdan o‘tish raqami: DV/X 06115/04/19
Preparatning savdo nomi: Grammidin®
Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlovchi nomi:
Gramitsidin C + setilpiridiniy xloridi.
Dori shakli: mahalliy qo‘llash uchun dozalangan sprey.

Yuklab olish

Preparatning bir dozasi quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:

  • Gramitsidin C digidroxloridi - 0,0638 mg (gramitsidin C ga qayta hisoblanganda - 0,06 mg)
  • Setilpiridiniy xloridi - 0,10 mg
Yordamchi moddalar:
  • Etanol 96 % - 19,00 mg
  • Sukraloza - 0,20 mg
  • Glitserol - 33,20 mg
  • Yalpizli xushbo‘ylashtirgich - 0,82 mg
  • Limon kislotasi monogidrati - 0,058 mg
  • Natriy sitrati - 0,022 mg
  • Polisorbat 80 - 0,40 mg
  • Metilparagidroksibenzoat (metilparaben) - 0,184 mg
  • Propilparagidroksibenzoat (propilparaben) - 0,02 mg
  • Tozalangan suv - do 0,2 ml

Ta’rifi: Shaffof yoki opalessensiyalovchi, rangsiz yoki sarg‘ish tusli, o‘ziga xos yalpiz ta’mli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi:antibiotik + antiseptik vosita.
ATX kodi: [R02АА20].

Farmakodinamikasi
Tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat. Preparatning tarkibiga mikroblarga qarshi vosita gramitsidin C va antiseptik vosita - setilpiridiniy xloridi kiradi. Gramitsidin Cning ta’sir ko‘rsatish mexanizmi mikrob xujayrasi sitoplazmatik membranasining o‘tkazuvchanligini oshirish bilan bog‘liq, bu uning turg‘unligini buzib, halok bo‘lishiga olib keladi. Gramitsidin C keng ko‘lamli grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan antibakterial ta’sir ko‘rsatadi. setilpiridiniy xloridi antiseptik vositalarga mansub bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarining o‘sishini va ko‘payishini bostiradi. Preparat mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, yallig‘lanishni kamaytiradi, tomoqdagi yoqimsiz hislarni yumshatadi, yutinishni yengillashtiradi.

Farmakokinetikasi
Mahalliy ta’sir ko‘rsatuvchi preparat. Klinikaga doir tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko‘ra deyarli so‘rilmaydi.

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning yuqumli-yallig‘lanish kasalliklari: faringit, tonzillit, parodontit, gingivit, stomatit.

  • gramitsidin Cga, setilpiridiniy xloridiga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • homiladorlik (I trimestr);
  • emizish davri;
  • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Homiladorlik (II-III trimestr).

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki homiladorlikni gumon qilayotgan bo‘lsangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Homiladorlikda preparat qo‘llanilishining adekvat nazorat qilinuvchi tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Homiladorlikning I trimestrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Agar ona uchun potensial foydasi homila uchun ehtimolli xavfdan yuqori bo‘lsa preparatni homiladorlikning II-III trimestrida qo‘llash mumkin. Preparat komponentlari ko‘krak sutiga kirib borishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Laktatsiya davrida preparatning qo‘llash zarurati tug‘ilganida ko‘krak bilan oziqlantirishni to‘xtatish kerak.

Mahalliy, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga va tomoqqa purkash yo‘li bilan. Ovqatdan keyin qo‘llaniladi.

Kattalar uchun dozasi: bir qo‘llashda 4 purkashdan kuniga 3 marta 7 kun davomida.

6 yoshdan 18 yoshgacha bolalar uchun dozasi: bir qo‘llashda 2 purkashdan kuniga 3 marta 7 kun davomida.

Preparatni bevosita qo‘llashdan keyin 1 soat davomida ovqat va ichimliklarni qabul qilishdan tiyilish kerak.

Agar davolash davrida yaxshilanish boshlanmayotgan yoki simptomlar og‘irlashayotgan, yoki yangi simptomlar paydo bo‘layotgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Preparatni faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan shunday ko‘rsatmalarga, qo‘llash usuliga va dozalarga binoan qo‘llang.

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Agar Sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlar kuzatilsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Simptomlari: preparat tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda qabul qilinganda me’da-ichak tomonidan buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.

Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatib, shifokorga murojaat qilish lozim.

25 °Cdan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanilmasin.

Xaridorlardan e’tirozlarni ishlab chiqaruvchi korxona qabul qiladi

"Valenta Farm" AJ

141101, Rossiya, Moskva viloyati, Shyolkovo sh., Fabrichnaya ko‘ch., 2-uy.

Tel. +7 (495) 933 48 62, faks +7 (495) 933 48 63.